Institut
Institut haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 573-sonli qaroriga asosan Yangiyer qurilishi va kommunal xo‘jalik kasb-hunar kolleji o‘rnida Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filiali tashkil etildi.
Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filialini tashkil etishdan asosiy maqsad Yangiyer shahar hududidan qurilishi rejalashtirilgan ammiak va karbamid ishlab chiqaruvchi katta zavod uchun mutaxassislar tayyorlashdan iborat.
Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filiali 2019-2020 o'quv yili uchun 4 ta ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha 175 ta kvota ajratilgan bo‘lib, 843 nafar abiturientlar tomonidan hujjatlar topshirishdi. Bular:
№ | Kod | Yo'nalish nomi | Qabul soni |
---|---|---|---|
1 | 5320400 | Kimyoviy texnologiya (noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi) | 50 |
2 | 5320400 | Kimyoviy texnologiya (qurilish materiallar texnologiyasi) | 50 |
3 | 5320300 | Texnologik mashina va jihozlar (kimyo sanoati) | 50 |
4 | 5311000 | Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqaruv (tarmoqlar bo‘yicha) | 25 |