Sirdaryo viloyati Yangiyer shahri, Tinchlik ko'chasi, 1-uy
(95) 510-58-56
tktiyaf@tcti.uz

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali

uzb eng rus

Hamkorlik ishlari


Rоssiya Federatsiyasidagi M.K. Ammonsov nomidagi Shimoliy-sharq Federal Universiteti dekani Svetlana V. Federova bilan davra suxbati o`tqazildi. Svetlana Fedorova Rossiya Respublikasida joylashgan Yakutiya haqida uning tabiati va aholisi, haroratning qanchalik ularda past bo`lishi haqida o`z nutqida gapirib o`tdi. M.K.Ammonsov nomidagi Shimoliy-sharq Federal Universiteti haqida to`liq ma’lumot berildi.

“Scopus Award-2019” taqdirlash marosimida va Elsevier 2020 ilm-fan forumida ishtirok etildi. Elsevier Vitse-prezidenti Feliks Haest tadbirda nutq so`zladi. U o`z nutqida O`zbekistondagi bo`layotgan o`zgarishlar va O`zbekiston bilan hamkorlik qilinyotganidan juda hursandligini ta’kidladi. O`zbekiston oliy ta’lim muassasalari professor-o`qituvchilari xalqaro jurnallarda o`z maqolalari bilan faol qatnashib kelayotganligi haqida quvonch bilan gapirib o`tdi.

Institutning yosh olim, mutaxassis, professor-о‘qituvchilarini xorijda malakalarini oshirish uchun grantlarda qatnashtirildi va sharoit yaratildi. Kuchmurodova Gulnora Xotamovnani Korea Respublikasining “World Friends Korea Advisors” dasturi orqali malaka oshirishga jo`natish uchun tanlovda ishtirok ettirildi.

 

Germaniyaning Leybnits qishloq xo`jaligi landshaftlarini tadqiq qilish markazining ilmiy xodimi qishloq xo’jaligi fanlari doktori Egamberdiyeva Dilfuza Rustamovnaning “Ilmiy-tadqiqot institutlari va Oliy ta’limni xalqarolashtirish” mavzusidagi xalqaro telekonferensiyada qatnashildi.