Sirdaryo viloyati Yangiyer shahri, Tinchlik ko'chasi, 1-uy
(95) 510-58-56
tktiyaf@tcti.uz

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali

uzb eng rus

TA’LIM YO’NALISHLARI (KUNDUZGI) HAQIDA MA’LUMOT


TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI YANGIYER FILIALINING 2020/2021-O’QUV YILI UCHUN TA’LIM YO’NALISHLARI (KUNDUZGI) HAQIDA

                         MA’LUMOT

5311000-Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo’yicha). Ushbu yo’nalishda tahsil olgan bitiruvchilar ishlab chiqarish korxonalarida texnologik jaryonlarni axborot kommunikatsion texnologiyalar asosida boshqarish, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish hamda qurilmalarda mavjud parametrlarni avtomatik tarzda boshqarish va nazorat qilish bilan birga nazorat o’lchov asboblarini montaj, demontaj, ta’mirlash, ekspulatatsiya jarayonlarini amalga oshiradi.

Imtixon o’tkaziladigan fanlar: Fizika, matematika.

 

5320300-Texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoqlar bo’yicha). Ushbu yo’nalishda ta’lim olgan bitiruvchilar mutaxassis sifatida ishlab chiqarish korxonalarida texnologik jaryonlarni samarali tashkil etishda ishlatiladigan uskunalar va jihozlarni (kolonna, adsorber, desorber, nasos, kompressor, reaktor va hokazo) ishlab chiqarish quvvatidan kelib chiqqan holda loyihalash, tanlash hamda montaj, demontaj, ta’mirlash, ekspulatatsiya jaryonlari bilan bog’liq faoliyatni amalga oshiradi.

Imtixon o’tkaziladigan fanlar: Matematika, fizika.

 

5320401-Kimyoviy texnologiya (noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi). Mazkur ta’lim yo’nalishida tahsil olgan bitiruvchilar, mutaxassis sifatida noorganik moddalar asosida mahsulot (mineral o’g’itlar, sement, soda, metallurgiya va hokazo) ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarish korxonalarida, texnologik jarayonlarni boshqarish, korxonada mavjud texnologik qurilmalarning optimal rejimda ishlashini nazorat qilish, xom-ashyoga nisbatan mahsulot unumdorligini oshirishga qaratilgan bir qator faoliyatlarni amalga oshiradi.

Imtixon o’tkaziladigan fanlar: Kimyo, matematika.

 

5320402-Kimyoviy texnologiya (qurilish materiallari kimyoviy texnologiyasi). Mazkur ta’lim yo’nalishida tahsil olgan bitiruvchilar, qurilish materiallari ishlab chiqarishga ( sement, gips, alebastr, shisha, kompositsion materiallar, binolarni pardozlashda ishlatiladigan quruq qorishmalar, faner, gipsokarton, DVP, DSP, kafel va hokazo) ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarish korxonalarida, texnologik jarayonlarni boshqarish, mahsulot sifatiga ta’sir qiluvchi bir qator omillarni hisobga olgan holda nazorat qilish bilan bog’liq faoliyatni amalga oshiradi.

Imtixon o’tkaziladigan fanlar: Kimyo, matematika.

 

5321000-Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo’yicha). Mazkur ta’lim yo’nalishida tahsil olgan bitiruvchilar, oziq-ovqat maxsulotlari (kolbasa, sir, bolalar butqasi, qandolat mahsulotlari, quritilgan sut va hokazo) ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarish korxonalarida, texnologik jarayonlarni boshqarish, korxonada mavjud texnologik qurilmalarning optimal rejimda ishlashini nazorat qilish, xom-ashyoga nisbatan mahsulot unumdorligini oshirishga qaratilgan bir qator faoliyatlarni amalga oshiradi.

Imtixon o’tkaziladigan fanlar: Kimyo, biologiya.

 

5322700-Konservalash texnologiyasi. Mazkur ta’lim yo’nalishida tahsil olgan bitiruvchilar konservalangan oziq-ovqat mahsulotlari (go’sht, baliq hamda qishloq xo’jalik maxsulotlari konservasi va hokazo) ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarish korxonalarida, konservalangan masulotlarning uzoq muddat sifatli saqlanishi uchun kimyoviy hamda texnologik ishlov berish jarayonlarini amalga oshirish, korxonada mavjud texnologik qurilmalarning optimal rejimda ishlashini nazorat qilish, xom-ashyoga nisbatan mahsulot unumdorligini oshirishga qaratilgan bir qator faoliyatlarni olib boradi.

Imtixon o’tkaziladigan fanlar: Kimyo, biologiya.

 

SIRTQI

 

1. 5320300-Texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoqlar bo’yicha)

2. 5320401-Kimyoviy texnologiya (noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi)

3. 5321000-Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo’yicha)

4. 5322700-Konservalash texnologiyasi