Sirdaryo viloyati Yangiyer shahri, Tinchlik ko'chasi, 1-uy
(95) 510-58-56
tktiyaf@tcti.uz

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali

uzb eng rus

Yangiliklar


15.01.2021

14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni"ga bag`ishlangan sahnalashtirilgan tadbir bo`lib o`tdi

1992 yil 14 yanvar. Bu kun Oʼzbekiston Respublikasining Qurolli kuchlari tashkil topgan kun. Shu munosabat bilan yurtimizda har yili ushbu sana "Vatan himoyachilari kuni" milliy bayram sifatida keng nishonlanadi. Yurtimizning tinchligi, sarhadlarimizning daxlsizligi, xalqimizning xotirjamligi hamda hayotimizning farovonligi yoʼlida kunu-tun tinim bilmay burchini ado etayotgan harbiylarimizni qancha eʼzozlasak kam.

Bugun Yangier shahridagi Toshkent kimyo texnologiyalari instituti hamda shahrimizdagi chegara qoʼshinlariga qarashli 9252-sonli harbiy qism harbiylari bilan hamkorlikda "Kim vatanga sodiq boʼlsa mendurman oʼsha" shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy bayram tadbiri oʼtkazildi.

Tadbirda Yangier shahar hokimi oʼrinbosari А.Аbduqodirov ishtirok etdi va nutq soʼzladi.

Bayram tadbirida shahrimizdagi rus madaniyat markazi ishtirokchilari oʼz chiqishlari bilan harbiylarimiz va talabalarning dillarini xushnud qildi. Tadbir bayramona koʼtarinki ruhda davom etdi. Bunda institut talabalarining qiziqarli chiqishlari va estrada xonandalarining kuy-qoʼshiqlari barchani mamnun etdi. 

Tadbir davomida Institut direktori T.Olimov yurtimizning sarhadlarini gʼanimlardan himoya qilishda oʼz jonini fido qilgan marhum harbiylarimizni xotirlab oʼtdi. Vataniga sodiq marhum qaxramonlarimiz bizning qalbimizda mangu yashaydi. Biz kelajak avlodlarimiz boʼlmish farzandlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalab, ajdodlarimiz Jaloliddin Manguberdi, Аmir Temur bobolarimiz va marhum harbiylarimizning vatanga boʼlgan sadoqatlarini namuna sifatida ularning ruhiga singdirishimiz kerak deydi oʼz soʼzida T.Olimov. Shundan soʼng institut nomidan harbiylarimizni "Vatan himoyachilari kuni" bayrami bilan tabriklab, ularga esdalik sovgʼalarini topshirdi. 

Madaniy tadbir davomida shahrimizdagi chegara qoʼshinlariga qarashli 9252-sonli harbiy qism askarlarining qoʼl jangi chiqishlari namoyish etildi. Harbiylarning chiqishlari manashunday yurtiga sadoqatli vatan himoyachilari borligidan yigʼilganlar qalbida gʼurur tuygʼusini uygʼotib, talaba yoshlarimizni harbiy boʼlishga ishtiyoqini yanada oshirdi.