Yangiliklar
Yangiliklar
14.08.2020
Professor-o`qituvchilar o`rtasida tanlov bo`lib o`tdi

Toshkent kimyo texnologiya instituti Yangiyer filialida 13-14 avgust kunlari yangi 2020-21 o'quv yili uchun kadrlarni saralab olish maqsadida professor-o'qituvchilar va hodimlar o'rtasida tanlov bo'lib o'tmoqda. Tanlovda asosan professor-o'qituvchilar va hodimlarning 5 ta mezon bo'yicha, ya'ni chet tilini bilish darajasi, AKTdan foydalana olish darajasi, ilmiy faoliyat va ta'lim sohasida yuritilayotgan me'yoriy hujjatlar bilan ishlash darajasi, o'z mutaxassisligi bo'yicha amalga oshirmoqchi bo'lgan g'oya va rejalari bo'yicha suhbat o'tkazilmoqda.
Shu bilan birgalikda filialda faoliyat yuritgan professor-o'qituvchilar va hodimlar ham tanlovda qatnashmoqda.