TKTI Yangiyer filialida Zakovat intellektual o’yinining «Saylov bilimdoni» bo’lib o’tdi.
Yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish va ularni ilmga oshno qilish maqsadida TKTI Yangiyer filiali direktori texnika fanlari doktori, Z.T. Xakimovning tashabbuslari bilan Zakovat intellektual o’yinining “Saylov bilimdoni” bo’lib o’tdi. Turnirni ochib berish uchun shaxsan filial direktori tashrif buyurdilar va talabalarga o’zlarining so’zlari bilan kuch quvvat berdilar desak mubolag’a bo’lmaydi. Turnirga jami bo’lib 12 ta jamoa qatnashdi. 1-kurs uchta, 2-kurs oltita, 3-kurs uchta. Bilimdonlar belashuvi juda ham qizg’in va bahslarga boy tarzda bo’lib o’tdi. Xakamlar, direktor Z.Xakimov, Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rin bosari X.Sondiboyev, hamda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’lim boshlig’I J.Maxmayorovlar olib borishdi. Turnirda 3-o’rindi birinchi kurs OO yo’nalishi bilimdon talabalari, 2-o’rindi uchinchi kurs NMKT yo’nalishi bilimdon talabalari, Faxirli 1-o’rindi ikkinchi kurs AB yo’nalishi bilimdonlari qo’lga kiritishdi. G’olib jamoalar munosib taqdirlanishadi. Tadbir so’ngida Filial direktori yoshlarni ilm olishga qiziqishini oshirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishni ta’kidlab o’tdi va jamoa aʼzolariga samimiy minnatdorchilik bildirdi.