Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati bo’yicha seminar o’tkazildi. Mazkur tadbirda filialning Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari O.Abdug’aniyev, Sirdaryo viloyat sudi raisi A.Xudoyberdiyev, Yangiyer shahar jinoiy ishlar bo‘yicha sud raisi Sh.Eshimov, Boyovut tumanlararo iqtisodiy sud raisi O’.Yo’ldoshev, Xovos tuman jinoiy ishlar bo’yicha sud raisi A.Jabborov, filial professor-oʻqituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.

✈️ Tadbirda ma’ruzachilar tomonidan ishtirokchilarga yangi tahrirdagi Konstitutsiya mazmun-mohiyati, unga kiritilgan o’zgartishlar, yangi normalarning insonlar hayotida aks etishi, fuqarolarning erkin va farovon, baxtli hayot kechirishi, sud-huquq sohasidagi kiritilayotgan normalar bo’yicha to’liq ma’lumotlar berib o’tildi.