Joriy yilning 23-dekabr kuni “Sayxun” Sirdaryo yoshlari forumi doirasida Guliston davlat universitetida istiqbolli loyixalar tanlovi bo’lib o’tdi. Forumda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialining faol talabalari ishtirok etdi.
Loyiha tashabbuskorlari loyihalarining qisqacha ta’rifi – kimyo-texnologiya sohasidagi ijtimoiy-iqtosodiy muammolar (vazifalar) yechimi, maqsadi, qiymati (investorlar mablag’i), amalga oshirish muddatlari, loyihani amalga oshirish natijasida yaratiladigan ish o’rinlari va boshqa ma’lumotlarni o’z taqdimotlarida namoyish etishdi.