Kredit-modul va HEMIS tizimi bo’yicha seminar-trening
Joriy yilning 5-yanvar kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida S.Qarshibayev va L.Zaripov tomonidan Oliy ta’lim tizimini raqamlashtirish uchun ishlab chiqilgan HEMIS tizimi bo’yicha seminar-trening bo’lib o’tdi. Ushbu seminar-treningda filialning fakultet dekani, kafedra mudirlari va professor-o’qituvchilar ishtirok etishdi.
Mashg’ulot davomida Kredit-modul tizimining mazmuni, HEMIS tizimining imkoniyatlari, funksiya va vazifalari tushuntirib o’tildi. Ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga javob berildi.