Talabalarga korrupsiya, uning oqibatlari va u bilan kurashish prinsiplari tushuntirildiJoriy yilning 2-mart kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida korrupsiyaning oldini olish bo’yicha profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi.Unda filial direktori Z.Xakimov, Yangiyer shahar IIB jinoyat qidiruv bo’limi vakili S.Xaqberdiyev, Yangiyer shahar IIB tergovchisi Tangirqulov B, yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o’rinbosari J.Maxmoyorov, korrupsiyaga qarshi kurashish bo’limi boshlig’i G.Qosimova, filial tyutorlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi PQ-2752-son Qarori hamda Jinoyat Kodeksining 210- 168- va 211-moddalari tegishli bandlarining mazmun-mohiyati tushuntirildi va pora olish, berish yoki vositachilik qilish uchun jinoiy javobgarlikning muqarrarligi haqida gapirib o‘tildi.

Tadbir so‘ngida talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar javob berishdi