2022-yil 23-aprel kuni Yangiyer shahar 11-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali direktori Z.T.Xakimov, filial professor-o’qituvchilari, Yangiyer shahar xalq ta’limi bo’limi boshlig’i L.R.Berdiqulov, maktab direktorlari va o’qituvchilari ishtirokida seminar-yig’ilish bo’lib o’tdi.
Ma’lumki, Yangiyer shahrida joylashgan 12 ta umumiy o’rta ta’lim maktablari Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialiga biriktirilgan. Bundan maqsad maktablarda ta’lim jarayoniga yangicha yondashuv, o’qituvchilarga uslubiy yordam berish, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalari hamda oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichini yaxshilash maqsadi ko’zda tutilgan.
Filial direktori Z.T.Xakimov ushbu yig’ilishdan ko’zlangan maqsad haqida o’qituvchilarga batafsil ma’lumot berib o’tdi va 12 ta maktabda hamkorlikda ta’lim sifatini ko‘tarish va amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar kelishib olindi.