Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali tadbirkorlarni filial hududida davlat xususiy sherikchilik asosida talabalar oshxonasi qurilishi loyihasida ishtirok etishga taklif etadi. Oshxona barpo etish loyihasi to‘liq tadbirkorlar hisobidan moliyalashtiriladi. Bino 10 yilgacha tadbirkor tasarrufida bo‘ladi.

Talabgorlardan quyidagi hujjatlar talab etiladi:
— MCHJ ning moliyaviy holati to‘g‘risida ma‘lumot;
— qurilish loyihasi;
—loyihani bajarish bo‘yicha takliflar (kiritiladigan mablag‘, shartnoma muddati, qo‘yiladigan talablar)
oshxonada shakllanadigan narx-navolar taklifi (taomlar turlari, xizmat ko‘rsatish bo‘yicha takliflar, taomnoma bo‘yicha narxlar loyihasi)
Hujjatlar 12-maydan 25-maygaga qadar qabul qilinadi.

Manzil: Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar, Ma’rifat mahallasi, Tinchlik ko’chasi, 1 uy
Murojaat va batafsil ma‘lumot uchun:
+998 97 340 30 30
+998 97 471 12 71