🎓 “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan so‘ngi yillar davomida yoshlarga juda ko‘plab imkoniyatlar yaratilmoqda. Talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “O‘zkimyosanoat stipendiyasi” ta’sis etildi. Ushbu stipendiya sohibi bo‘lish imkoniyati Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filiali talabalariga beriladi.