Ijtimoiy yordamga muhtoj yoshlarning farovon yashashiga ko‘maklashish, ularning muammolarini o‘rganish va xayotda o‘z o‘rinlarini topishda har tomonlama yordam berish maqsadida 10-iyun kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialiga biriktirilgan mahallalarda istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaatlari filial direktori Zafar Xakimov tomonidan tinglandi.

Uchrashuv davomida mahalla yoshlari va ota-onalarining sog‘likni tiklash, moddiy yordam, chet tillari va IT kasblarni o‘rganish borasida qilgan murojaatlari o‘rganildi. Muammolar joyida hal etilib, vaqt talab etadigan murojaatlarni esa tez fursatda ijobiy yechish bo‘yicha mas‘ullarga topshiriq berildi.

Shuningdek, tashrif buyurgan mahalla fuqarolariga filial rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari taqdim etildi.