Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali «Call center» siz uchun ish jarayonlarini boshlaganligini e’lon qiladi!

🔰 TKTI Yangiyer filialida 2023-2024 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayoni boshlanishi munosabati bilan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish hamda ularni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida “Call center” tashkil etildi.

Fuqarolar yuqoridagi telefon raqamlari orqali “Call-center” bilan bog‘lanib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.

🗓“Call center”ning ish vaqti:

Dushanbadan shanbagacha – soat 9:00 dan 18:00 gacha;
Tushlik – soat 13:00 dan 14:00 gacha.