Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan e‘lon qilingan teatr haftaligi doirasida joriy yilning 5-may kuni Yoshlar ittifoqi Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali boshlang‘ich tashkiloti a‘zolari tomonidan “Masxaraboz” filmi asosida sahnalashtirilgan teatr o‘yinlari namoyish etildi.
Tadbirda TKTI Yangiyer filiali talabalarining mahorat bilan havola etgan ko‘ngil ochar dasturlari va sahna ko‘rinishlari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirib, olqishlarga sazovor boʻldi.
Talabalarni teatr sanʼati bilan oshno etish, jahon teatr namunalarini oʻzbek va chet tillarida tomoshabinlarga yetkazish, yoshlarning madaniy hordiq chiqarishlarini tashkil etish maqsadida teatr jamoasi muntazam ijodiy namunalar, spektakllar sahnalashtirib boradi.