🔍Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali talabalari bilan ma’rifat soati doirasida «Biz yoshlar sog’lom turmush tarafdorimiz» mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Unda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Yangiyer shahar boʼlinmasi rahbari А.Аbduqodirov, Din ishlari boʼyicha qoʼmitaning Yangiyer shahri bosh mutaxassisi Sh.Eshonqulov, filial direktorining birinchi oʼrinbosari O.Аbdugʼaniev, korrupsiyaga qarshi kurashish bo’limi bosh mutaxassisi U.Sariyev mavzuga oid maʼruza qildilar.

✈️ Tadbirda sog’lom turmush tarzi qoidalariga rioya qilish uchun nimalar qilish kerakligi, organizmni kasalliklardan himoyalash yo’llari va tibbiy madaniyat to’g’risida tushunchalar berildi. Bundan tashqari sog’lom turmush tarzini tashkil qiluvchi asosiy komponentlar — to’g’ri ovqatlanish, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, faol harakat, zararli odatlardan voz kechish, ruhiy salomatlik to’g’risida ham fikrlar bildirildi.

✈️Barcha ma’lumotlar taqdimot orqali talabalar e’tiboriga yetkazildi va ularning qiziqtirgan savollariga tashkilotchilar tomonidan javob berildi.