Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialiga biriktirilgan ehtijojmand va e‘tiborga muhtoj yoshlar bilan ko‘p marotaba yuzma-yuz muloqotlar hamda “Direktor va yoshlar” uchrashuvlari o‘tkazilib kelinmoqda. Bundan maqsad ushbu uchrashuvlar orqali yoshlarga motivatsiya berish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va hayotda o‘z yo‘lini topishiga ko‘maklashishdir.
15-iyun kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali direktori Z.Xakimov boshchiligidagi ishchi guruh filialga biriktirilgan 30 nafar «Ma’rifat» mahallasi yoshlari xonadoniga tashrif buyurib, ushbu yoshlar va ularning ota-onalari bilan uchrashishdi. Uchrashuv davomida ular bilan suhbat qilinib, yashash sharoitlari va muammolari o‘rganildi hamda ro‘zg‘or mahsulotlari va esdalik sovg’alari topshirildi.
Shunigdek yoshlar uchun filialda tashkil etilgan xorijiy tillar, kompyuter savodxonligi va robototexnika to’garaklari haqida ma’lumotlar berilib, qiziqish bildirgan yoshlar ushbu to’garkaklarga jalb etildi.