Bugun Sirdaryo viloyati Yoshlar texnoparkida Innovatsion rivojlanish agentligi ishchi guruhi a‘zosi, Sirdaryo Yoshlar Texnoparki rahbari B.Qo’shiyev, Toshkent kimyo texnologiyalar instituti Yangiyer filiali prorektori M.Samadiy, Guliston pedagogika instituti prorektori N.Ayaqulov, Shiri-lanka davlatidan kelgan olim va hududiy boshqarma hodimlari ishtirokida yangi startap g’oyalar hamda ilmiy va innovatsion loyihalar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

“Mahalliy kaliy xlorid va ammoniy nitratidan kaliy nitrat olish texnologiyasini ishlab chiqish” loyihasi bu issiqxonalar uchun kerak bo‘lgan qimmatbaho kaliy nitrat olinadi, import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan yuqori sifatli kaliy nitrati mahsuloti olish bo‘yicha va “mevani chirishini oldini oluvchi stiker ishlab chiqarish” loyihasi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.