🔰2023/2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi.

Qabul yakuniga ko‘ra, onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar soni 1 018 007 nafarni tashkil etdi. Jumladan,

▪️Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha:

➖O‘zbek tili — 890 304 nafar;
➖Rus tili — 95 456 nafar;
➖Qoraqalpoq tili — 29 917 nafar;
➖Boshqa tillar — 2 330 nafar.

▫️Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

🔹 Kunduzgi ta’lim shakli — 577 096 nafar;
🔸 Kechki ta’lim shakli — 24 802 nafar;
🔹 Sirtqi ta’lim shakli — 407 945 nafar;
🔸 Masofaviy ta’lim shakli — 8 164 nafar.

▪️Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

🏛 O‘zbekiston milliy universiteti — 36 782 nafar;
🏛 Toshkent davlat transport universiteti — 30 421 nafar;
🏛 Farg‘ona davlat universiteti — 29 941 nafar;
🏛 Toshkent davlat pedagogika universiteti — 28 827 nafar;
🏛 Qarshi davlat universiteti — 28 417 nafar.

▫️Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha birinchi 5 talik:

1️⃣ Qashqadaryo viloyati — 120 008 nafar;
2️⃣ Samarqand viloyati — 114 180 nafar;
3️⃣ Farg‘ona viloyati — 94 999 nafar;
4️⃣ Toshkent viloyati — 89 603 nafar;
5️⃣ Surxondaryo viloyati — 84 457 nafar.

❗️Eslatma: onlayn ro‘yxatdan o‘tgan, ammo hali to‘lovni amalga oshirolmagan abituriyentlar bugun, soat 23:59 gacha to‘lov qilishlari mumkin.