O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Guliston shahrida Unicall — masofaviy xizmatlar eksporti markazi tashkil etildi va 21-iyul kuni markazning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tantanali marosimda viloyat hokimi Akmaljon Mahmudaliyev, IT Park direktori o‘rinbosari Fayzulla Aripjanov va soha vakillari ishtirok etishdi.

💬 Tadbirni viloyat hokimi tabrik so‘zi bilan ochib berdi va markaz rahbarlariga IT Park rezidenti guvohnomasini topshirdi. Markaz rahbarlari hamda viloyat hokimi bilan uchrashuv davomida kompaniya faoliyati, kelgusidagi maqsadi va istiqbolli rejalari haqida muhokama qilindi. Shunigdek, kelajakda mana shunday markazlarni viloyatning tuman va shaharlarida ham tashkil etish taklifi bildirildi.

✅ Yangi BPO markazini tashkil etishdan maqsad – viloyat yoshlarini ish bilan ta’minlash, xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik qilish va IT xizmatlar eksportini oshirish hisoblanadi. Kompaniya hozirda 50 nafar yoshlarni ish bilan ta’minlagan va kelgusida ushbu ko‘rsatkichni 100 nafarga oshirishni rejalashtirgan. Shuningdek, ushbu kompaniya yil oxirigacha IT xizmatlar eksportini 500 000$ ga yetkazishi kutilmoqda. Mazkur BPO-markazi Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT Park va Sirdaryo viloyati hokimligi ko‘magida ochildi.