O’zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan qator tashkilot va vazirliklar bilan hamkorlikda professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida Respublika “Ko‘pkurash” harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasiga start berildi!

Musobaqa 3 bosqichda:
— birinchi bosqich (tuman-shahar) 20-iyul, 5-avgust kunlari;
— ikkinchi bosqich (hududiy) 15-20-avgust kunlari;
— uchinchi (respublika) bosqichi 25-avgust kuni o‘tkaziladi.

 Musobaqaning tuman-shahar hamda hududiy bosqichi g’oliblari pul mukofoti va esdalik sovg’alar bilan taqdirlanadi. Tanlovning Respublika bosqichi g’oliblari esa quyidagicha:

➡️ 1-o‘rin uchun 100 million so‘m va ko‘chma kubok;
➡️ 2-o‘rin uchun 70 million so‘m;
➡️ 3-o‘rin uchun 50 million so‘m bilan taqdirlanadilar.

Barcha yoshlarni musobaqada faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!