Hurmatli abituriyentlar, avvalambor mamlakatimizning oliy ta’lim muassasalari orasidan bizning oliygohimizni tanlaganingiz uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Sizlarni oldinda kutib turgan imtihonlardan esa muvaffaqiyatli o‘tib olishingizda omad tilayman!

Aziz abituriyentlar, agar sizlarga kimdir test sinovlariga ko‘maklashaman, oliygohda tanishi yoki yaqin qarindoshi ishlashini aytib, sizga talabalikni nopok yo’llar bilan vaʼda qilayotganlarga aslo aldanmang. Mazkur jarayonlarni oʻtkazishda hech qanday noqonuniy holatlar va turli aralashuvlarga yoʻl qo‘yilmaydi. Barcha jarayonlar ochiq, shaffof va adolatli oʻtishi taʼminlanadi.

Oʻz bilimingizga ishoning, jamiyatda korrupsiyani avj olishiga sababchi boʻlib qolmang. Unutmang, faqat puxta tayyorgarlik va kuchli bilim bilan talaba bo’lish baxtiga muyassar bo’lishingiz mumkin. Sizga ushbu sinovlardan muvaffaqiyatli o’tib olishingizda ulkan zafarlar tilaymiz!