Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali (TKTIYF) va Belorussiya davlat oziq-ovqat va kimyoviy texnologiyalar universiteti (BDOOKTU) qo’shma ta’lim dasturlari bo’yicha o’qish uchun hujjatlarni qabul qilish jarayoni davom etmoqda. Ta’lim yo’nalishlari:
— Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
— Oziq-ovqat texnologiyalari (mahsulot turlari bo‘yicha)
Kunduzgi ta‘lim o’qish muddati: 4 yil – 2 yil TKTIYFda va 2 yil BDOOKTUda
Sirtqi ta‘lim o’qish muddati: 5 yil – 3 yil TKTIYFda va 2 yil BDOOKTUda
O’qishlarini muvaffayatli tamomlagan talabalarga ikkita diplom – TKTIYF va BDOOKTU davlat namunasidagi diplomlari beriladi.
Talab qilinadigan hujjatlar:
1. TKTIYF rektori nomiga ariza (berilgan shakl bo’yicha, namunasi ilova qilinadi).
2. Pasport nusxasi.
3. Attestat yoki diplom (litsey yoki kollejdan olingan) ilovasi bilan.
4. 3×4 hajmdagi fotosurat (1 dona).
MUHIM: Hujjatlar online topshiriladi. Barcha hujjatlar rangli skaner qilingan, PDF formatida saqlangan holda tktiyangiyer@gmail.com elektron pochta manziliga yuborilishi lozim.
ONLINE ANKETANI TOPSHIRISH UCHUN HAVOLA