2023-yil 21-avgust kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali direktori Z.Xakimov boshchiligidagi ishchi guruh Yangiyer shahridagi talabalar ijara xonadonlariga tashrif buyurib, u yerdagi yashash sharoitlari, mavjud kamchiliklar va yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdi.
Jarayon davomida xonadon egalari bilan suxbat qilinib, ijara narxlarining stabilligi o‘rganildi va talabalar uchun yashash sharoitlarini yaxshilash hamda mavjud kamchilaklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.