«Ipoteka-bank» aksiyadorlik tijorat ipoteka banki,vazirlar mahkamasining 2021-yil 18-avgustdagi «Oliy ta’lim tashkilotlarida to’lov-kontrak asosida o’qish uchun ta’lim kreditlari ajratishni tartibga solish chora tadbirlari to’g’risida»gi 527-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida talabalarga qulaylik yaratish uchun ta’lim yo’nalishida to’lov-kontrak asosida o’qish uchun «ta’lim krediti» mahsulotini taklif etadi.
Shu munosabat bilan Ipoteka-bankning Respublika hududlaridagi 39 ta bank filiallari hamda 123 ta bank xizmatlar markazlari oliy o’quv yurtlari talabalari uchun ta’lim krediti ajratishga tayyorligini ma’lum qiladi.