Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-noyabrdagi 675-
son qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish
boʻyicha davlat komissiyasining 2023-yil 21-iyuldagi 32-3-son bayonida belgilangan vazifalarga muvofiq 2023/2024 oʻquv yili uchun iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega boʻlib, sirtqi va kechki taʼlim shakliga suhbat natijalariga koʻra tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirish uchun Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy sayti orqali roʻyxatdan oʻtgan fuqarolar uchun suhbat jarayonlari 2023-yil 15-sentyabr kuni soat 11:00 da Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialining asosiy o’quv binosining 201-xonasida bo’lib o’tadi.