Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialidagi xotin-qizlar uchun Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi ishtirokida Xotin-qizlar orasida psixologik va huquqiy maslahat kuni tashkil etildi

Mazkur kunda oilalarni mustahkamlash, ajrimlarining oldini olish yuzasidan suhbatlar, erta turmush va yaqin qarindosh-urugʻlar oʻrtasida tuzilgan nikohlarni salbiy oqibatlari to’g’risida aytib o’tdi.

Shuningdek, talabalarga dunyoda qizlar va ayollar duch kelayotgan muammolar haqida ma’lumot olish imkonini bergan ayollar huquqlarining ahamiyatini ta’kidladi.

Tadbir yuqori saviyada va savol-javoblarga boy holda o’tdi.