Milliy liboslar xalqning qiyofasini ko‘rsatuvchi muhim omil hisoblanadi. Shuning uchun ham dunyo xalqlari ajdodlaridan meros bo‘lib qolgan milliy ko‘rinish, milliylikni asrash, an’analarni davom ettirishga alohida e’tibor qaratadi. Ana shu an’anaga rioya qilgan holda, joriy yilning 28-sentyabr kuni yurtimizning ko’plab hududlarida bo‘lgani kabi filialimizda ham «Xon Atlas» festivali bo‘lib o‘tadi.

💐 Ushbu festivalda filialimizning barcha ayol xodimalari, professor-o’qituvchilari va talaba-qizlari atlas va adras matosidan tikilgan milliy liboslarda ishtirok etishlari so’raladi.

🎆 Festival doirasida esa biz xonatlas chellenjiga start beramiz! Chellenjda ishtirok etish uchun siz:

💥 Milliy libosda tushgan rasmingizni yoki milliy libos aks ettirilgan suratni instagram sahifangizga yuklang;
💥 Yuklagan rasmingiz ostiga xonatlas heshtegini yozib qoldiring va filialning instagram sahifasini instagram sahifasini  belgilab o‘ting.

🏆 Tanlov g‘olibalari ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi va filial rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi!

Murojaat uchun:
+998972247154