Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida O’zbekiston xalq shoiri Omon Matjon tavalludining 80 yilligiga bag’ishlangan badiiy kecha o’tkazildi. Tadbirda filialning o’zbek tili fani o’qituvchisi Marg’uba Qarshiboyeva ijodkor va uning faoliyati haqida so’zlab berdi.

✏️ Tadbir davomida talaba-yoshlar tomonidan Omon Matjon qalamiga mansub she’rlaridan misralar mahorat bilan ijro etildi. Axborot-resurs markazi xodimlari tomonidan tayyorlangan ko’rgazma va shoir kitoblari esa tadbir mazmunini yanada boyitdi.