Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali faollar zalida fakultet dekani Xolmurod Mo’minov va talabalar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbirda yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari, kafedra mudirlari, professor-o’qituvchilar, tyutorlar va 4-bosqich talabalari ishtirok etdi.

4-kurs talabalari bilan bitiruv malakaviy ishlari, Davlat attestatsiya sinovlari va talabalarning malakaviy amaliyotlari borasidagi masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, “Ilmi ummon sharafiga sazovorlar” mavzusida tajribali ustozlarning bosib o’tgan yo’li va hayotiy tajribasi bo’yicha ham suhbatlar tashkil qilindi. Ishtirok etgan barcha talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.