Joriy yilning 6-oktyabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialiga Xitoy Xalq Respublikasining Tianjin fan va texnologiyalar universiteti rektori Bovey Jang o’z delegatsiyasi bilan tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mehmonlarga filial to’g’risida ma’lumotlar berilib, o’quv-laboratoriyalariga sayohat amalga oshirildi. Shundan so’ng filial rahbariyati va delegatsiya ishtirokida tor doirada uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda o’zaro hamkorlik masalalari kelishib olindi. Xususan, yosh professor-o’qituvchilarning doktorantura, malaka oshirish hamda birgalikdagi ilmiy loyihalari borasida amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.