Bugungi kunda jamiyatni diniy aqidaparastlik g‘oyalari zararlaridan saqlash uchun fuqarolar ongida maʼnaviy-maʼrifiy bilimlarni rivojlantirishga qaratilgan profilaktik tadbirlarning o‘rni yuqori.

Shu maqsadda bugun, 9-oktyabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida Respublika “Tasviriy oyna” ijodiy uyushmasi hamda viloyat hokimligi hamkorligida ekstremizm va terrorizm missionerlik g’oyalariga qarshi ma’naviy-ma’rifiy, tasviriy-targ’ibot tadbiri o’tkazildi.

Unda Respublika “Tasviriy oyna” ijodiy uyushmasi boshqaruvi raisi Isfandiyor Latipov, Sirdaryo viloyati hokimligi kotibiyat mudiri Valijon to’ychiyev, filial direktori o’rinbosarlari, bo’lim boshlig’i, dekan o’rinbosarlari, tyutorlar va talabalar ishtirok etdi.

Tadbirda so’zga chiqganlar yurtimizda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, buyuk ajdodlarimiz hayoti va boy ilmiy-maʼnaviy merosi, yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi, millatlararo totuvlik g’oyalari, tinchlik ulug’ ne’mat ekanligi, har inson O’zbekiston kelajagi uchun o’z hissasini qo’shish kerakligi haqida so’z yuritdilar.

Uchrashuv so’nggida tadbir ishtirokchilariga mavzuga oid bo’lgan kinofilm namoyish etildi.