Bugun Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida “Yoshlar akademiyasi forumi” doirasida navbatdagi “Motivatsion uchrashuv” bo’lib o’tdi.
Uchrashuvda Ideal study” xususiy maktabi rahbari Shoislom Baratov va “Digital Academy” rahbari Erkinjon Mirzoaliyev, iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish sektori boshlig’i Yulduz Maxkamova hamda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktorning birinchi o’rinbosari Otabek Abdug’aniyev ishtirok etdi.
Tadbirda spikerlar o’zlarining faoliyati haqida talabalarga batafsil ma’lumot berib, ularning qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berishdi.