TKTI Yangiyer filialida «Qalqon» jamoatchilik guruhi tashkil etildi

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida «Qalqon» jamoatchilik guruhiga talabalarni suhbat asosida qabul qilish maqsadida uchrashuv o’tkazildi. Unda filialning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktorining birinchi o’rinbosari Otabek Abdug’aniyev, direktor maslahatchisi Zafar Qodirov, profilaktika inspektori Toshbekov G’anisher va viloyat milliy gvardiya boshqarmasi xodimi ishtirok etishdi.

Suhbat asosida 20 nafar talabalaridan iborat «Qalqon» jamoatchilik guruhi tashkil etildi. Ularga guruh vazifalari va majburiyatlari toʼgʼrisida batafsil maʼlumotlar berildi hamda guvohnomalar topshirildi.