Joriy yilning 16-20 oktyabr kunlari filialda “InnoWeek.uz-2023” Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi bo‘lib o‘tadi. Haftalik “Kreativ ta’lim va innovatsiyalar — yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostida o‘tadi. Haftalik doirasida ilmiy konferensiya va forumlar, ko‘rgazma hamda ideaton, startup challengelar kabi turli tadbirlar tashkil etiladi va g‘oliblar rag‘batlantiriladi.

Ilm-fan, innovasiyalarga bag‘ishlangan yoshlar kongressi, startap loyihalarga bag‘ishlangan tadbirlar, filial tadqiqotchilarining dissertatsiya ishlari doirasida yaratgan yangi ishlanmalar, texnologiyalar va innovatsion mahsulotlari namoyishida ishtirok eting va g‘olib bo‘ling!

G‘oliblarimizni estalik sovg‘alari kutmoqda! Sizlarni “InnoWeek.uz-2023” Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligiga
taklif qilib qolamiz!