Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan talaba-yoshlarning ota-onalari uchun muloqot @smarteduuzbot telegram-boti ishlab chiqildi. Ushbu bot orqali Respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarining Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektorlari (direktor, o‘rinbosarlari), fakultet dekanlarining yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha mas’ullarining aloqa uchun telefon raqamlari va fuqarolarni qabul qilish kunlari haqidagi ma’lumotlar joylashtirilgan.
Botdan foydalanish: https://t.me/smarteduuzbot