Kreativ ta’lim va innovatsiya – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostidagi to‘rt kun davom etadigan “InnoWeek-2023” innovatsion g‘oyalar haftaligida Sirdaryo viloyatidagi barcha oliy ta’lim muassasalari, shu jumladan Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialining yosh olim va tadqiqotchilari o’z loyihalari bilan faol ishtirok etishmoqda.

Forumda talabalarimiz tadbir ishtirokchilari hamda mehmonlarga o’zlarining innovatsion loyihalari haqida taqdimot qilib, batafsil so’zlab berishdi. Tadbir so’ngida filial talabalari tashakkurnoma va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.