Joriy yilning 17-oktabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida “Kreativ ta‘lim va innovatsiyalar — Yangi O’zbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostida o’tkazilayotgan «Innoweek-2023» — innovatsion g’oyalar haftaligining ikkinchi kuni bo’lib o’tdi. Umumiy fanlar va jismoniy tarbiya kafedrasi tomonidan tashkil etilgan ilmiy-amaliy anjumanni filial direktori Xakimov Zafar Tulyaganovich kirish so’zi bilan ochib berdi.
Anjumanda kafedraning professor-o’qituvchilari, yosh tadqiqotchilar va talabalar tomonidan «Fact-book», «Mobil-Planetarium biznes rejasi, «Yashil iqtisodiyot» muommosi, «TutorAI» platformasi va «English Lesson» onlayn platformasi kabi loyihalar taqdimoti bo’lib o’tdi. Haftalik davom etmoqda.