Innoweek-2023 innovatsion g’oyalar haftaligi doirasida joriy yilning 18-oktyabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialiga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti vakillari tashrif buyurishdi. Tashrif doirasida tomonlar o’rtasida o’zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Unga ko’ra, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti bilan hamkorlikda professor-o’qituvchilar, doktorant, magistrlar va talabalarning ilmiy ishlar bo’yicha almashinuvi yo’lga qo’yiladi. Shuningdek, noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi, neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi kabi yo’nalishlarida aloqalarni kuchaytirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

O’zaro uchrashuvdan so’ng filialga tashrif buyurgan texnika fanlari doktori, professor va fan arbobi Zokirov Baxtiyor Sobirovich, Xurmamatov Abdug’affor Mirzaabdullayevich, Adizov Bobur Zamirovich, kimyo fanlari doktori Kadirova Zulayho Raimovna hamda filialning kimyoviy texnologiya kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori, professor Eminov Ashraf Ma’murovich bilan filial yosh tadqiotchilari va talabalari o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda professorlar o’zlarining hayot yo’li va ilmiy tajribalari haqida batafsil ma’lumot berib, talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berishdi.