Joriy yilning, 19-oktabr kuni Tomsk politexnika universiteti Kimyoviy va biomeditsina texnologiyalari tadqiqotlari maktabi direktori Trusova Marina Yevgenyevna, ushbu universitet dotsenti Kukurina Olga Sergeyevnalar Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialiga tashrif buyurishdi.
Tashrif doirasida filial rahbariyati bilan rasmiy uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, ilmiy stajirovkalar, talabalar mobilligini tashkil etish kabi masalalar muhokama qilindi. Tadbirlar davomida mehmonlar filialning «InnoWeek- 2023» doirasida tashkil etilgan ko’rgazmasida hamda ilmiy amaliy anjumanda ishtirok etishdi.