Qo’shma ta’lim asosida barcha oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 2-bosqich talabalari uchun Belorussiya davlat oziq-ovqat va kimyoviy texnologiyalar universitetiga o’qishni ko’chirish bo’yicha arizalar qabuli boshlandi. O’qishni ko’chirish uchun imtihon topshiriladi va test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o’tkaziladi. Arizalar qabuli joriy yilning 27-oktabr kuniga qadar davom etadi.

Kerakli hujjatlar:

  • ariza
  • transkript yoki reyting daftarchasi
  • pasport nusxasi

Batafsil ma’lumot uchun: +998933243111  +998973314011