23-oktabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida direktor va talabalar uchrashuvi o’tkazildi. Unda filial direktori Zafar Xakimov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktorning birinchi o’rinbosari Otabek Abdug’aniyev, filialning korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens-nazorat» tizimini boshqarish bo’limi boshlig’i O’rol Abduraxmonov hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Ochiq muloqot tarzida o’tkazilgan uchrashuvda talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollari, muommo va takliflari bilan filial rahbariyatiga murojaat qilishdi. Uchrashuvda asosan ta’lim sifati, o’quv jarayonlari, bitiruv va ishlab chiqarish amaliyoti, talabalar teatr studiyasi hamda talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish bo’yicha bildirilgan taklif va muommolar muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida talabalar o’zlarining barcha qiziqtirgan savollariga javob olishdi hamda talabalarning muommo va takliflari filial rahbariyati tomonidan belgilangan tartibda o’rganib chiqilishi aytildi.