Joriy yilning 24-oktabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida «Bir million o’zbek dasturchilari» loyihasida tahsil oladigan xotin-qizlarning ulushini oshirish maqsadida filial talaba-qizlari uchun seminar-trening tashkil etildi. Seminarni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktorning birinchi o’rinbosari Otabek Abdug’aniyev kirish so’zi bilan ochib berdi.
Seminar trening davomida talabalarga «Bir million o’zbek dasturchilari» loyihasi hamda xalqaro IT sertifikatlari va Coursera ta’lim platformasidagi bepul kurslar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Talaba-qizlarga “Microsoft”, “Google”, “Cisco” va boshqa sertifikatlar narxining 50% gacha kompensatsiya olish yo‘llari tushuntirildi.