Joriy yilning 25-oktyabr kunida Sirdaryo tumanida joylashgan “Peng Sheng” O’zbekiston Xitoy qo’shma korxonasiga Xitoyning Shengyang provinsiyasida joylashang Shenyang kimyo-texnologiya universiteti vakili F.D.Professor Yingpeng Xie hamda bir guruh professor-o’qituvchilar tashrif buyurishdi.
Uchrashuvda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali direktori Zafar Xakimov Xitoylik vakillar bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Muloqot chog’ida Xitoy korxonalariga kadrlar tayyorlash, dual ta’limni yo’lga qo’yish, xitoy tiliga o’qitish bo’yicha takliflar berildi hamda O‘zbekiston va Xitoy oliy ta’lim muassasalari hamda professional ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yo’lga qo’yish, Xitoy va ingiliz tillarini o’rgatish, o’qituvchilar hamda talabalar malakasini oshirish bo’yicha hamkorlik qilish kelishib olindi.
Shunigdek Shenyang kimyo-texnologiya universiteti vakillari Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialiga tashrif buyurib, oliygoh faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.