26-oktabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida kengaytirilgan ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Kengash majlisida kun tartibidagi quyidagi asosiy masalalar ko’rib chiqildi:
Filialga biriktirilgan maktablarda o’quv amaliy-metodik yordam ko’rsatishning natijalari haqida;
Xalqaro hamkorlik bo’limining yangi o’quv yili uchun bajarilishi belgilangan vazifalari, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatish yo’lida qilinayotgan ishlar haqida;
«Umumiy fanlar va jismoniy tarbiya» kafedrasi faoliyatini o’rganish to’g’risida;
«Kimyoviy texnologiya» kafedrasi professor v.v.b I.Usmanovni professorlik ilmiy unvonini olishga tavsiya etish haqida;
«Oziq-ovqat tevnologiyasi» kaferdasi v.b.dotsenti B.Jumayevni dotsentlik ilmiy
unvonini olishga tavsiya etish to’g’risida;
Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo’yicha «Malaka oshirish tizimida texnologiya o’qituvchilari shaxsiy-kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishning tashkiliy-pedogogik sharoitlari» ilmiy mavzusini tasdiqlashga tavsiya etish haqida.
Yig’ilishda kun tartibidagi barcha masalalar ko’rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.