Bugungi kunda mamlakatimizda voyaga yetmaganlar, xususan qizlarni ijtimoiy faolligini oshirish, ularni boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishini taʼminlash, liderlik xususiyatlarini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash maqsadida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Bugun Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida «Biz zo’ravonlikka qarshimiz» shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda fakultet dekani, dekan o’rinbosari, iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi boshlig’i va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida 1-bosqich talabalari tomonidan tayyorlangan videorolik, sahna ko’rinishlari, she’r va kuy-qo’shiqlar namoyish etildi. Shuningdek, filialda tashkil etilgan «Men zo’ravonlikka qarshiman» insholar tanlovi g’oliblari va faol ishtirokchilar taqdirlandilar.