Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali va Xitoyning Pekin texnologiya universiteti, Gengdan instituti o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ayni damda filialimiz delegatsiyasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi innovatsion rivojlanish agentligi xodimlari va Respublikaning bir qancha oliy ta’lim muassasalari kabi Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali delegatsiyasi ham Xitoy xalq respublikasining Pekin shahrida Chinese Bridge loyihasi doirasida bo’lib turishibti. Tashrif davomida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali hamda Pekin texnologiya universiteti, Gengdan instituti bilan hamkorlik  memorandumi imzolandi. Memorandum doirasida tomonlar oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish, talabalarga Xitoy va xalqaro tashkilotlardagi mutaxassislar bilan professional tarmoq imkoniyatlarini yaratish, metodik va o’zaro tajribalar almashinuvini yo’lga qo’yish kabi bir qancha sohalar bo‘yicha kelishuvga erishildi.