Bugun 30-oktabr kuni Kimyoviy texnologiya kafedrasi tomonidan filial talabalari uchun «Gugurtsiz olov» mavzusida ochiq laboratoriya darsi tashkil etildi. Laboratoriya darsi kafedraning assistent o’qituvchisi Javlon Asomov boshchiligida o’tkazildi. Unda talabalar kimyoviy reaksiyalarning tezligini moddalarning agregat holatiga, temperaturasi va konsentratsiyasiga bog‘liqligini aniqlashni tajribada o’rganishdi. Ochiq darsda talabalar o’zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Shu kabi ochiq laboratoriya darslari har haftada o’tkazilishi rejalashtirilgan.