Moliyaviy savodxonlik bo’yicha trening o’tkazildi

1-noyabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali talabalari uchun markzaziy bank xodimlari tomonidan moliyaviy savodxonlik bo’yicha seminar-trening tashkil etildi.

Ochiq suhbat tarzida tashkil etilgan seminarda moliyaviy xavfsizlikning asosiy qoidalari, raqamli moliyaviy savodxonlik, kredit foizlari, bank kartalari bilan bog’liq firibgarlikdan saqlanish, sug’urta kabi dolzarb mavzularda suhbatlashildi. Suhbat yakunida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.